RF Davlat Dumasiga migrant bolalarni rus tilidan imtihonsiz maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi
Davlat Dumasiga migrant bolalarni rus tilini bilishini tasdiqlovchi hujjatsiz maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi. Hujjat Rossiya parlamenti quyi palatasi saytida e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Rossiya Federatsiyasida taʼlim toʻgʻrisida”gi federal qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi. O‘zgartirishlar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari maktabga kirishlari uchun rus tilini bilish va ta’lim olish uchun yetarli darajada test sinovidan o‘tishlari shart. Testdan o‘ta olmaganlar darslarga qo‘yilmaydi.
Hujjatda aytilishicha, sinov tartibi va uning mezonlari Rossiya Taʼlim vazirligi va Rosobrnadzor tomonidan belgilanishi kerak. Shu bilan birga, qonun loyihasida test sinovlari bepul amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Oʻzgartirishlar mualliflari “taʼlim sifati boʻyicha davlat kafolatlarini amalga oshirish”, shuningdek, “taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini uygʻunlashtirish” uchun zarur ekanligini tushuntirdi.
Deputatlar qonun loyihasini 10-dekabr kuni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda, “tuzatishlar qabul qilinsa, 2025-yil 1-apreldan kuchga kirishi kutilmoqda”, – dedi hujjat mualliflaridan biri, Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin “Interfaks”ga.
Sharhlar