RF IIV psixiatriya bemorlarining ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Psixiatriya yordami va uni ko‘rsatish vaqtida fuqarolar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga politsiyaga “xavfli” bemorlarning tibbiy ma’lumotlaridan foydalanish imkonini beruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi.
Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari jazoni o‘tashdan ozod etilgan shaxslar, sud tomonidan majburiy davolash tayinlangan shaxslar, shuningdek, surunkali va uzoq davom etadigan og‘ir va tez-tez kuchayishi bilan kechadigan, dispanser kuzatuvidagi bemorlar to‘g‘risida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Bu bemorlarning o‘z roziligini talab qilmaydi.
Bundan tashqari, xavfsizlik kuchlari davolanishdan qochgan odamlarni shifoxonalarga olib borish huquqiga ega bo‘ladi. O’zgartirishlar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining iltimosiga binoan ishlab chiqilgan va 2025-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Sharhlar