RF Mudofaa vazirligi Paraskoviyevka yana olingani haqida ma’lum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi juma kuni Rossiyaning “Janubiy” qo‘shinlari guruhi o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXRning Paraskoviyevka qishlog‘ini nazoratga olgani haqida xabar berdi.
“Bir hafta ichida “Janubiy” qo‘shinlar guruhi front chizig‘idagi vaziyatni yaxshiladi, Donetsk Xalq Respublikasining (DXR) Paraskovievka qishlog‘ini ozod qildi, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining 14 ta bo‘linmasining jonli kuchi va texnikasini mag‘lub etdi”, – deyiladi xabarda.
Qizig‘i shundaki, Paraskovievkaning nazorat ostiga olinishi haqida bir yildan ko‘proq vaqt oldin Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov va deyarli xuddi shu so‘zlar bilan xabar bergan edi.
“Donetsk yo‘nalishida muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari davomida hujum otryadlari ko‘ngillilari havo-desant bo‘linmalari bilan hamkorlikda “Janubiy” kuchlar guruhining raketa qo‘shinlari va artilleriyasi ko‘magida Donetsk xalq respublikasining Paraskoviyevka qishlog‘ini to‘liq ozod qildi”, – deya Konashenkovning 2023 yil 20 fevraldagi so‘zlarini keltirgandi “Interfaks”.
Sharhlar