RF Mudofaa vazirligida yangi hibslar sodir bo‘ldi

Фото: Интерфакс

Rossiya Mudofaa vazirligi buyumlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i Vladimir Demchik 2017 -yilda 4 million rubl miqdorida pora olganlikda gumonlanib, hibsga olindi, deya xabar beradi Rossiya Tergov qo‘mitasi.

Tergovning fikricha, Demchik pora uchun nomi oshkor etilmagan kompaniyani Rossiya qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun umumiy qiymati 574 million rubldan ortiq mol-mulk yetkazib berish bo‘yicha davlat shartnomalariga jalb qilgan.

Avvalroq, 5 -avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligining Moskva oblasti parki va “Patriot” direktori Vyacheslav Axmedov va Rossiya Mudofaa vazirligining innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Shesterov qo‘lga olingan edi. Ikkalasi ham firibgarlik ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Axmedov tergov izolyatoriga yuborilgan.

23 -iyul kuni “Patriot” bog‘i ma’muriyatida tintuvlar o‘tkazilgan. “TASS” agentligi huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, ular davlat xaridlarida 40 million rubldan ortiq mablag‘ning talon-taroj qilinishiga aloqador bo‘lganini ma’lum qiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.