RF “Shahed” dronlarini ishlab chiqarish uchun afrikalik ayollarni aldov yo‘li bilan yollamoqda
Uganda, Ruanda, Keniya va boshqa bir qator Afrika davlatlaridan kelgan yosh ayollarga, shuningdek, Shri-Lanka fuqarolariga Rossiyada bepul parvozlar va yotoqxonada turar joy bilan yaxshi maoshli ishlar va’da qilinadi, keyin esa Shahed dronlari ishlab chiqariladigan Tataristondagi “Alabuga” nomli maxsus iqtisodiy zonaga olib ketiladi, deya qayd etadi DW “AP” agentligiga tayanib.
Jurnalistlar aniqlaganidek, hozirda “Alabuga” shahrida 18 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 200 ga yaqin xorijlik ayol dronlar ishlab chiqaradigan korxonada ishlamoqda. U yerda talabalar ham bor, ularning ba’zilari endigina 16 yoshga to‘lgan. Ishchilar yotoqxonada ham, ish joyida ham doimiy videokuzatuv ostida, xodimlarning telefonlari esa keraksiz yozishmalar uchun doimiy ravishda tekshiriladi, deyiladi materialda.
Tekshiruvchilarning aniqlashicha, afrikalik ayollar tegishli himoyasiz zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ayollar ularga “eshakdek, quldek” muomala qilinayotganidan nolishyapti. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ravina Shamdasani, agar qizlar firibgarlik yo‘li bilan ekspluatatsiya qilish uchun yollangan bo‘lsa, Rossiyaning harakatlari “odam savdosi mezonlariga to‘g‘ri kelishi mumkin”, – deydi.
Sharhlar