RF Tergov qo‘mitasi senator Savelyevni hibsga olishni so‘ramoqchi

Фото: РИА

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi senator Dmitriy Savelyevni qotillikni tashkil etish bilan bog‘liq ish bo‘yicha, unga qarshi ayblovlar qo‘yilganidan so‘ng darhol hibsga olishni so‘ramoqchi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, TASS xabar beradi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Savelyevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. Shundan so‘ng tergovchi Basmanniy sudiga unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tayinlash iltimosi bilan murojaat qiladi.

2-avgust kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari senator Dmitriy Savelyevni Federatsiya Kengashi yig‘ilishidan chiqayotganida qo‘lga oldi.

Keyinroq Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Federatsiya Kengashiga hibsga olingan senatorning daxlsizligini bekor qilish uchun murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Senator Andrey Klishas: Bosh prokuror Dmitriy Savelyevni daxlsizlikdan mahrum qilish uchun yetarli asos bo‘lgan jinoyat ishi materiallarining nusxalarini taqdim etdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, bugun tergov Basmanniy sudiga Savelyevni hibsga olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.

Savelyev 2016-yildan beri Tula oblastining senatori lavozimini egallab kelgan. Undan oldin u Davlat dumasi deputati va Tabiiy resurslar, atrof-muhitni boshqarish va ekologiya qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan. 2016-yil oktyabridan 2023-yil noyabrigacha senator Federatsiya Kengashining Byudjet va moliya bozorlari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan. Shundan so‘ng u Iqtisodiy siyosat qo‘mitasiga a’zo bo‘lgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.