RF TIV Amerikaning Germaniyada qurol-yarog‘ joylashtirishiga javoban yadroviy raketalarni kengaytirishi mumkinligini bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkovning ma’lum qilishicha, Moskva Germaniyada Amerika qurollari joylashtirilishiga javoban raketalarni, jumladan, yadroviy qurollarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Men hech bir variantni istisno qilmayman”, – dedi Ryabkov “Interfaks”ga bergan intervyusida, qayerda va qanday raketalar joylashtirilishi mumkinligini aniqlamagan holda.
11-iyul kuni Oq uy Germaniyada uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni “epizodik” joylashtirish rejalarini e’lon qilgandi. Qurollar ro‘yxatiga SM -6 raketalari, Tomahawk raketalari va hozirda Yevropada mavjud bo‘lgan quruqlikdagi qurollardan uzoq masofaga uchadigan ishlab chiqilayotgan gipertovushli qurol kiradi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu bayonotga javob berib, Moskva “bu yangi o‘yinga asabiylashmasdan, hissiyotlarsiz harbiy javob ustida ishlashini” ta’kidladi. Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakat aholisining xavotirlarini tushunishini bildirdi, biroq Germaniya imkon qadar o‘zini himoya qilishi kerakligini ta’kidladi.
Sharhlar