RF TIV rahbarining o‘rinbosari AQSh va NATOning “nomaqbul harakatlari” sababli Rossiya o‘z yadroviy doktrinasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi
Bu haqda Sergey Ryabkov jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi. Ommaviy axborot vositalari vakillari Rossiya yadroviy doktrinasining qanday qoidalari o‘zgarishi mumkinligini so‘rashdi. Vazir o‘rinbosari aniq o‘zgarishlarni aytmadi.
Ryabkov ta’kidlaganidek, “AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilarining nomaqbul va keskinlashtiruvchi harakatlari natijasida oshib borayotgan tahdidlar, shubhasiz, oldimizga yadroviy to‘xtatib turish sohasidagi asosiy hujjatlar qanday qilib hozirgi ehtiyojlarga ko‘proq mos holatga keltirilishi mumkinligi haqidagi savolni qo‘ymoqda”.
Vladimir Putin 7-iyun kuni Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida yadroviy doktrinada yadro qurolini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatilgan payt yetib kelgan deb hisoblamasligini aytdi. Shu bilan birga, u doktrina “jonli qurol” ekanligini ta’kidlab, unga o‘zgartirishlar kiritish mumkinligini istisno etmadi.
Sharhlar