RF Xarkov oblasti yo‘nalishida muvaffaqiyatga erisha olmayapti – ISW
Rossiya Xarkov oblastidagi hujumlarida muvaffaqiyatga erisha olmayapti, deya xabar beradi Amerikaning Institute for the Study of War tahliliy markazi Ukraina Bosh shtabiga tayanib.
Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari 20 iyun kuni kechqurun Xarkov shimolidagi Lipetsk rayonida va Xarkovning shimoli-sharqidagi Volchansk va Tichi hududlarida quruqlikdan zarbalar bergan, ammo ertasi kuni quruqlikdan hujum o‘rniga havodan bomba hujumlarini amalga oshirgan.
ISW iqtibos keltirgan rossiyalik harbiy ofitserlarning da’vo qilishicha, Ukraina kuchlari Glubokoye hududida (Lipetsk shimolida) qarshi hujumlarini davom ettirgan. Bundan tashqari, Volchanskning o‘zida ham shiddatli janglar davom etmoqda, blogerlardan birining qayd etishicha, rossiyaliklar Volchansk agregat zavodini egallab olishgan.
ISW o‘zining dolzarb hisobotida, shuningdek, Xarkovga yaqin hududlarda Amerika cheklovlarini yumshatish Amerika qurollari yetmaydigan hududni atigi 15 foizga qisqartirganini ta’kidlaydi – bu aslida Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy ustunligini saqlab qoladi.
Sharhlar