RFning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri kadrlar tanqisligi sababli qishloq xo‘jaligida “falokat” bo‘lishi mumkinligini bashorat qildi
Rossiya qishloq xo‘jaligi ishchi kuchining keskin yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda va agar bu masala yaqin vaqt ichida hal etilmasa, uch yildan so‘ng “falokat” yuz berishi mumkin, deb ma’lum qildi sobiq Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev. Uning so‘zlariga ko‘ra, sektorda ish haqi tez o‘smoqda, ammo rentabellik pasayishi, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlar oshishi sharoitida agrokorxonalarda ko‘proq to‘laydigan boshqa sohalarda ishchilar uchun raqobatlashish uchun resurslar yo‘q.
“Sigir sog‘uvchiga u qolishi uchun 150 ming [rubl] to‘lash kerak. [Toki] yosh qiz maktabni, keyin kasb-hunar kollejini tugatib, fermaga qaytishi uchun – 150-120 [ming rubl], balki shunda o‘xshab qolar. Bizda bu mablag‘lar yo‘q. Va, ehtimol, yaqin vaqt ichida ham bo‘lmaydi”, – dedi Tkachev.
Shu munosabat bilan sobiq vazir agrar ta’lim tizimini isloh qilishni taklif qildi, chunki hozirgi vaqtda agrar oliy o‘quv yurtlari talabalarining faqat 50-70 foizi ishlab chiqarishga boradi, qolganlari esa “mamlakat bo‘ylab bosh oqqan yerga tarqab ketadi”.
“Nima uchun bizga bunday ta’lim mashinasi kerak? <…>. Yo‘l bor. Kelinglar, beloruslar qanday qilgan bo‘lsa: byudjetdagilar bor, kelinglar, ularni ishlab chiqarishda uch-besh yil ishlashga majbur qilaylik”, – deb taklif qildi Tkachev.
Bundan tashqari, uning fikricha, migratsiya siyosatini o‘zgartirish kerak.
“Bugun barcha migrantlar, chet elliklar marketpleyslarga bormoqda. Kurerlika. Va 100 ming [rubl]dan ko‘p ishlab topishmoqda. Tojikiston, O‘zbekiston fuqarolari bu ishlarga bormoqda, ularni dalaga chorlay olmaysiz. Agar biz shartlarni o‘zgartirmasak, agar ish haqini oshirmasak, albatta, bunday davom etishi mumkin emas. Biz stagnatsiyaga uchraymiz, demak, bu tupik. Biz ishlab chiqarish hajmini yo‘qotamiz”, – deb ta’kidladi Tkachev.
Sharhlar