RFning Ukrainaga tungi raketa hujumi paytida Polsha o‘z harbiy samolyotlarini havoga ko‘tardi
Rossiyaning Ukrainaga yangi havo hujumi sababli Polsha harbiy samolyotlarini havoga ko‘tardi.
“Bugun tunda qanotli raketalar, Shahed tipidagi dronlar va ballistik raketalar bilan, shu jumladan Ukraina hududi g‘arbida joylashgan nishonlarga hujumlari bilan bog‘liq Rossiya Federatsiyasining uzoq masofali aviatsiyasining qizg‘in faolligi kuzatildi”, – deya xabar beradi Polsha qurolli kuchlarining tezkor qo‘mondonligi.
Xabarda aytilishicha, Rossiya aviatsiyasining Ukraina g‘arbiy hududiga zarbalar berilgan oxirgi bunday faolligi 14 iyunga o‘tar kechasi qayd etilgan.
Ulashish:
Sharhlar