Milliarder Richard Brenson Jo Baydenni prezident saylovida qatnashishdan voz kechishga chaqirdi
Britaniyalik milliarder, Virgin Group asoschisi Richard Brenson fikricha, AQSH prezidenti Jo Bayden saylovoldi poygasidan chiqishi kerak. U Baydenning prezidentligi “so‘nggi voqealar tufayli” tarixiy nuqtayi nazardan qanday baholanishidan xavotirlanmoqda, deb yozadi “Kommersant”.
Uning poygani davom ettirish istagi ushbu prezidentlik poygasi aslida e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muammolardan xavfli tarzda chalg‘itmoqda. Amerika va erkin dunyo yo‘lida to‘g‘ri qaror qabul qilib, yo‘l bo‘shatib berish uchun hozir ham kech emas”, — deb yozdi Brenson o‘z blogida.
Shu bilan birga, milliarder Baydenni “atoqli prezident” deb atadi. Uning Ukrainaga berayotgan o‘zgarmas ko‘magi dunyoda ulkan taassurot qoldirgan, deb hisoblaydi. Biznesmen, shuningdek, demokratning iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha ishlarini ham qo‘llab-quvvatladi.
Jo Baydenning aqliy qobiliyatlari haqidagi muhokamalar uning Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz munozaralaridan keyin kuchaydi. Prezidentning o‘zi buni “yomon epizod” deb atadi va voqeani shamollab qolgani bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi NATO sammitida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yanglishib “prezident Putin” deb atagan edi. U o‘z xatosini shu zahotiyoq tuzatib, adashib ketganini fikr-u xayoli “Putin ustidan g‘alaba qozonish” bilan band ekani bilan izohladi.
Sharhlar