Roman Abramovich Aleksey Navalniyning jasadini xorijga olib chiqishni taklif qilgandi, deydi Mariya Pevchix

Фото: 24tv.ua

“FBK” tergovlar bo‘limining boshlig‘i Mariya Pevchixning “Dojd” telekanaliga aytishicha, oligarx Roman Abramovich Aleksey Navalniy o‘limidan so‘ng uning safdoshlariga uning jasadini xorijga olib ketishni taklif qilgan.

Pevchixning so‘zlariga ko‘ra, Navalniyni FXX xodimi Vadim Krasikovga almashtirish bo‘yicha muzokaralar Abramovich orqali olib borilgan, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bu kelishuvni taklif qilgan.

Pevchixning aniqlik kiritishicha, u Abramovichning ushbu muzokaralarda ishtirok etishi haqida Navalniyning o‘limidan bir necha kun o‘tib bilgan va tafsilotlar uchun u bilan bog‘lanishga harakat qilgan, biroq Abramovich gapirishdan bosh tortgan.

U faqat Navalniyning jasadini Rossiyadan olib chiqishni taklif qilgan, bu Rossiya rasmiylari siyosatchining jasadini onasiga topshirishdan bosh tortishi fonida yuz bergan.

Aleksey Navalniy 1-mart kuni Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn qilindi, bu yerga u bilan xayrlashish uchun o‘n minglab odamlar keldi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.