Ronaldu 2024-yilning eng katta maosh oladigan futbolchisiga aylandi
“Al Nasr”da o‘ynayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2024-yilda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Forbes nashri xabar beradi.
Nashr qayd etganidek, yulduz forvard 285 million dollar oladi (220 million maosh va 65 million maydondan tashqari daromad).
Reytingda 2-o‘rinni Amerikaning “Inter Mayami” klubida to‘p surayotgan argentinalik hujumchi Lionel Messi egalladi. Maydondagi daromadi (60 million dollar) bo‘yicha Ronaldudan orqada, u daromadining ikkinchi qismida (75 million dollar) portugaliyalikdan oldinda.
Kuchli uchlikni Saudiyaning “Al Hilol” jamoasida o‘ynayotgan braziliyalik forvard Neymar yakunlagan, u 110 million dollar ishlab oladi.
Ulashish:
Sharhlar