Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda bir milliard obunachiga ega bo‘ldi
“Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda bir milliard obunachiga ega bo‘lganini ma’lum qildi.
39 yoshli portugaliyalik bu yutuqni qo‘lga kiritgan sayyoradagi birinchi inson bo‘ldi. Hozirda Ronaldu oltita ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifalarini yuritadi:
Instagram – 639 million obunachi;
Facebook – 170 million obunachi;
X – 113 million obunachi;
YouTube – 60,6 million obunachi;
Kuaishou – 9,4 million obunachi;
Weibo – 7,5 million obunachi.
“Biz tarix yaratdik – bir milliard obunachi! Bu shunchaki raqam emas – bu bizning umumiy ishtiyoqimiz, drayv va o‘yinga bo‘lgan muhabbatimizdan dalolat beradi. Madeyra ko‘chalaridan tortib, dunyodagi eng katta sahnalargacha men har doim oilam va siz uchun o‘ynaganman va endi biz bir milliard odammiz. Menga ishonganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz va hayotimning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur. Eng yaxshisi hali oldinda va biz birga g‘alaba qozonamiz va tarixni yozamiz”, – deb yozadi Ronaldu.
Ronalduning YouTube servisidagi rasmiy kanalida jonli efir mavjud bo‘lib, unda barcha ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalikning auditoriyasi onlayn sanaladi. Maqolani yozish vaqtida Ronaldu obunachilarining umumiy soni 1 000 178 989 kishini tashkil qilgan.
Sharhlar