Rossiya 2022-yil bahorida Mariupolni qamal qilish paytida ochlikdan qurol sifatida foydalangan – hisobot
Rossiya 2022-yil bahorida Mariupol qamalida ochlikdan qurol sifatida foydalangan, deyiladi Global Rights Compliance hisobotida. Bu harbiy jinoyatga tenglashtiriladi, deb yozadi The Guardian xalqaro inson huquqlari tashkiloti huquqshunoslari Ukraina hukumati bilan birgalikda tayyorlagan hujjatlarga tayanib.
Hujjat Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga topshirildi. Matnda ta’kidlanishicha, Rossiya rasmiylari va harbiylari Mariupolda imkon qadar ko‘proq tinch aholini o‘ldirish va ularga zarar yetkazish, ularni minus 10°С dan past haroratlarda suv, gaz va elektr energiyasisiz qoldirishni maqsad qilgan. Tashqi hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya armiyasi Mariupolni egallashi chog‘ida kamida 22 ming kishi halok bo‘lgan. Harbiylar tibbiyot muassasalari va turarjoy binolarining 90 foizini shikastlagan yoki vayron qilgan.
Global Rights Compliance hamkori Katriona Merdok ham jurnalistlarga Rossiyaning 85 kun davom etgan Mariupol qamalining to‘rt bosqichdan iborat bo‘lganini aytadi: fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar, elektr, issiqlik va suv ta’minotini o‘chirish, gumanitar yo‘laklardan va yordam yetkazib berishdan voz kechish.
Sharhlar