Rossiya armiyasi Ukrainaga katta hajmda hujum boshladi
Kiyev, Odessa, Krivoy Rog va Dneprda portlashlar sodir bo‘ldi. Kiyevning uchta tumaniga raketa parchalari kelib tushgan, Odessada elektr transporti ishlamayapti.
Ukraina boʻylab havo hujumi haqida ogohlantirish eʼlon qilindi.
Kiyev meri Vitaliy Klichko shaharda portlashlar sodir bo‘lganini ma’lum qilgan va shifokorlarni Solomenskiy tumaniga chaqirgan. Rossiyaning TASS axborot agentligi taʼkidlashicha, portlashlar Julyani aeroporti hududida sodir boʻlgan.
Keyinroq Klichkoning qo‘shimcha qilishicha, raketa qoldiqlari Dnepr va Solomenskiy tumanlariga ham tushgan. Goloseevskiy tumaniga favqulodda xizmatlar chaqirilgan. Kiyevning Shevchenkovskiy tumanida ham portlash yuz berdi.
Dnepr Operative telegram kanali tutun ustuni suratini e’lon qildi va Dnepr va Krivoy Rogda portlashlar haqida xabar berdi.
Odessada elektr transporti faoliyati bir soatga to‘xtatildi.
Kiyevga uyushtirilgan hujumda kamida uch kishi yaralangan. Ulardan ikki nafariga joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Rasmiylar halok bo‘lgan bir kishi haqidagi ma’lumotlarni ham tekshirmoqda, deya xabar beradi Klichko.
Sharhlar