Rossiya Avdeyevkadagi koks kimyosi zavodini egallaganini e’lon qildi
Rossiya harbiylari Avdeyev koks kimyosi zavodini to‘liq egallab oldi, ma’muriy binolarga Rossiya bayroqlari osib qo‘yildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Zavod qo‘shinlarning “Markaz” guruhi harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, muassasa xabariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari chekinishda davom etmoqda.
Ukrainaning Avdeyevka shahri egallab olingani haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 17-fevral kuni ma’lum qilgan edi. Faqat alohida tarqoq guruhlar shaharni tark etishga muvaffaq bo‘ldi, degan edi u.
Avdeyevkadan qo‘shinlarning olib ketilayotgani haqida Ukraina hukumati 17-fevralga o‘tar kechasi xabar qilgandi. “Avdeyevka atrofida yuzaga kelgan tezkor sharoitni hisobga olib, qurshovda qolib ketmaslik hamda harbiy xizmatchilar hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish maqsadida, bo‘linmalarimizni shahardan olib ketib, boshqa, ahamiyati bundan kam bo‘lmagan marralarda mudofaaga o‘tish haqida qaror qildim”, — degan edi Sirskiy o‘shanda.
Sharhlar