Rossiya aviazarbasi oqibatida Xarkovda to‘rt kishi, shu jumladan bir bola halok bo‘ldi

Украинские пожарные работают на месте ракетного удара в Харькове
Фото: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA (Архив)

Xarkovda Rossiya havo hujumi oqibatida to‘rt kishi, jumladan, bir bola halok bo‘ldi. Bu haqda shahar meri Igor Terexov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Nemыshlyanskiy tumanida bosqinchilar bolani bolalar o‘yin maydonchasida o‘ldirishdi”, deb yozadi Terexov.

Terexovning so‘zlariga ko‘ra, Xarkovning Industrial tumanida 12 qavatli turarjoy binosi zarbadan zarar ko‘rgan. Binoda yong‘in sodir bщlib, qisman vayron bo‘lgan va kamida uch kishi halok bo‘lgan.

Xarkov oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ham turarjoy binosida yuz bergan yong‘in oqibatida besh kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, zarbalardan biri natijasida ta’lim muassasasi vayron qilingan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.