Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhi yana Rossiya chegarasini kesib o‘tishga uringani xabar berildi
Mash yozishicha, Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhi (QRG) yana Rossiyaning Belgorod viloyatida chegarani kesib o‘tishga urinmoqda, janglar Spodaryushino qishlog‘i yaqinida bormoqda.
Rossiya hududiga bostirib kirishga urinishlar haqida so‘nggi marta 12-mart kuni xabar berilgan edi. O‘shanda “Rossiya erkinligi” legion Tyotkino qishlog‘ining bir qismini bosib olganini ma’lum qilib, u yerda jangchilar tomonidan olingan videoni ilova qilgandi.
Keyinroq jurnalistlar video Ukraina qishlog‘ida suratga olinganini aniqladi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, u Rossiyaning Tyotkino qishlog‘idan 300 metr masofada joylashgan Ukrainaning Rijevka qishlog‘ida olingan. Legion vakili video Rijevka yaqinida tushirilganini tasdiqladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu jang natijasida QRGning 30 a’zosi o‘ldirilgan.
Sharhlar