Rossiya Dnestrbo‘yini bosib olishga urinsa, NATO Moldovani qo‘llab-quvvatlaydi
Agar Rossiya Dnestrbo‘yini bosib olishga urinsa, NATO Moldovani qo‘llab-quvvatlaydi, dedi tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Mircha Joane Ruminiyaning ProTV telekanaliga bergan intervyusida.
“Albatta, NATO Rossiyani qoralaydi va Moldovani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu mamlakat muhim ahamiyatga ega”, — dedi u. Joane Dnestrbo‘yining Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi referendumda allaqachon ko‘tarilganini, ammo u hech qanday natija bermaganini ta’kidladi.
Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi 28-fevral kuni deputatlar qurultoyini o‘tkazib, mintaqadagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni muhokama qiladi. Mahalliy muxolifatchi aktivist Gennadiy Chorba fikricha, shu kuni deputatlar Rossiya hukumatiga murojaat qilib, respublikani Rossiya tarkibiga qabul qilishni so‘raydi.
Sharhlar