Rossiya FVV mamlakat fuqarolariga “trevoga jomadon”ini yig‘ishni tavsiya etdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rossiyaliklarga tabiiy ofatlar sodir bo‘lgan yoki qurolli to‘qnashuvlar xavfi mavjud bo‘lgan hududlar aholisi uchun “trevoga jomadoni”ni yig‘ishni tavsiya qildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, to‘g‘ri jihozlangan “trevoga jomadoni” insonning ekstremal vaziyatlarda omon qolishini ta’minlaydi. Qayd etilishicha, asosiy buyumlar ryukzakning yuqori qismiga va cho‘ntaklariga, pastki qismiga esa almashtiriladigan ichki kiyim qo‘yilishi kerak. Ularni namlikdan himoya qilish uchun vakuumli paketlardan foydalanish zarur.
Oktyabr oyining boshida Rossiyaning barcha hududlarida hududiy va munitsipal darajadagi ogohlantirish tizimlari sinovdan o‘tkazilgandi.
Sharhlar