Rossiya Gulyaypolega hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda, UQK qarshi hujumga o‘tishi mumkin – Bild
Rossiya armiyasi Zaporojye oblastining Gulyaypole shahrida hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, ukrainaliklar kuzda qarshi hujumga o‘tishi mumkin.
Bu haqda Bild nashri manbalarga tayanib yozadi. Nashrga frontda jangchilar bilan aloqada bo‘lgan Ukraina Qurolli Kuchlari faxriysining aytishicha, Rossiya Qurolli kuchlari hozirda u yerdan Gulyaypolega o‘tish uchun Pologi shahri yaqinida to‘plangan.
“Ruslar hozirda Zaporojye viloyatida hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda va Gulyaypole yo‘nalishi bo‘yicha zarba berish uchun qo‘shinlarni o‘tkazmoqda, agar ruslar uni bosib olsa, ukrainaliklar uchun muhim strategik va logistika nuqtasi bo‘lgan Zaporojye oblastida katta bosim ostida qoladi”, – deydi faxriy.
G‘arb harbiy doiralaridagi yana bir manbaning aytishicha, NATOning Vashingtondagi sammiti oldidan alyans ittifoqchilari Kiyevdan “kuzdan boshlab mahalliy qarshi hujumlar”ga olib kelishi mumkin bo‘lgan Ukrainaning safarbarlik rejasi haqida xabardor qilingan. BILD ma’lumotlariga ko‘ra, buning uchun Ukraina Qurolli kuchlarida allaqachon yangi brigadalar tuzilmoqda, zarar ko‘rgan bo‘linmalar rotatsiya qilinmoqda va yo‘qotishlar qoplanmoqda. G‘arbning fikricha, Rossiya harbiy kuchlari kelgusi oylarda zaiflashishi mumkin, bu esa jang maydonida yangi burilishni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, Kiyevdagi manbaning ta’kidlashicha, hozir “yollash sekin ketmoqda”.
Sharhlar