Rossiya harbiy okruglaridan biridagi avtobronetank xizmatining boshlig‘i pora olish ishi bo‘yicha hibsga olindi

Фото: Ирина Бужор / Коммерсантъ

Rossiya Tergov qo‘mitasi Markaziy harbiy okrugning avtobronetank xizmati boshlig‘i, general-mayor Denis Putilovni o‘ta yirik miqdorda pora olishda gumon bilan hibsga olinganini ma’lum qildi (RF Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi).

Tergov versiyasiga ko‘ra, Putilov Mudofaa vazirligi harbiy texnikani ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qator davlat shartnomalarini tuzgan tadbirkor vakilidan 10 million rubl miqdorida pora olgan.

Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, qiymati 140 million rubldan oshgan ushbu davlat shartnomalarining bajarilishini Putilov nazorat qilgan.

Tergovchilarning fikricha, Putilov tadbirkorga “[hukumat buyurtmalarining bajarilishi ustidan] nazoratni susaytirish”ni, shuningdek, davlat mudofaa topshiriqlarini bajarish va u bilan yangi shartnomalar tuzishda “boshqa imtiyoz va preferentsiyalar berish”ni va’da qilgan holda pora olgan.

Hozir sud generalga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘risida qaror qabul qilmoqda.

Mudofaa vazirligi tizimining yuqori martabali vakillariga qarshi shov-shuvli jinoiy ishlar turkumi joriy yilning aprel oyida mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanovni hibsga olish bilan boshlangandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.