Rossiya hukumati Tatyana Lazarevani xalqaro qidiruvga bergan
Teleboshlovchi “terrorizmni oqlagani” uchun qidiruvga berilgan edi.
Lazarevaga nisbatan Davlat Dumasi deputati Andrey Alshevskixning “Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududidagi obʼyektlarga hujumlari haqidagi bayonotlari” uchun qoralaganidan soʻng jinoiy ish ochildi. “Bu dahshatli, lekin men baxtliman”, dedi Lazareva 2023-yil avgust oyida YouTube’dagi “И грянул Грэм” kanaliga bergan intervyusida.
Ilgari Lazareva “terrorchilar va ekstremistlar” ro’yxatiga kiritilgan va Ichki ishlar vazirligi teleboshlovchini qidiruvga bergan.
Adliya vazirligi 2022-yil iyul oyida Lazarevani “xorijiy agent” deb tan oldi. 2024-yil iyun oyi boshida Moskva sudi uni “xorijiy agent” deb atalmagani uchun jarimaga tortdi.
Sharhlar