Rossiya hukumati tug’ilish darajasini oshirishga harakat qilmoqda
Rossiya hukumati 2036-yilgacha oilalar va demografiyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Strategiya loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar beradi “RBK”.
Hujjatda onalik kapitalini yaxshilash, aliment to‘lash samaradorligini oshirish, shuningdek, ko‘plab nabiralari bo‘lgan bobo va buvilar uchun yangi mukofotlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Strategiyaning asosiy maqsadlari:
- aholi sonini saqlab qolish uchun tug’ilish darajasini oshirish;
- jamiyatning asosi sifatida oilani qo’llab-quvvatlash va himoya qilish;
- an’anaviy qadriyatlarga asoslangan oila va nikoh institutini mustahkamlash.
Ulashish:
Sharhlar