Rossiya 2016-yildan beri ilk bor Aleppoga havo hujumlarini amalga oshirdi
Rossiya 2016-yildan beri ilk bor Suriyaning Halab shahriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Isyonchilar shahar markaziga yetib kelishdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib xabar berdi.
Rossiya va Suriya samolyotlari 30-noyabrga o‘tar kechasi Aleppoga hujum qildi. Qayd etilishicha, bu 2016-yildan beri birinchi marta Rossiya aviatsiyasi Aleppoga zarbalar bergan. Bir kun avval isyonchilar tomonidan bosib olingan shahar va qishloqlar ham bombardimon qilindi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Suriya armiyasiga “Hayat Tahrir ash-Shom” isyonchilari kirib kelgan Alepponing asosiy hududlaridan “xavfsiz chiqib ketish”ni amalga oshirish buyurilgan. Suriya hukumati Aleppo aeroporti va shaharga olib boruvchi barcha yo‘llarni yopib qo‘ydi.
Isyonchilar 27 noyabr kuni Aleppo tomon hujum boshladi. Juma kuni kunning oxiriga kelib, ularning kuchlari shaharning turli hududlariga kirib borgan.
Sharhlar