Rossiya Moldovadagi saylov natijalarini tan olmaydi

песков
Фото: МТ

Rossiya Moldovadagi saylov natijalarini tan olmasligini Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“U [Mayya Sandu] o‘z mamlakatining prezidenti emas, chunki aholining ko‘pchiligi unga ovoz bermagan. So‘z o‘ta ajralgan jamiyat haqida bormoqda. Hozirgi Moldaviya rahbariyati o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin, ayni paytga qadar ular bizning mamlakatimiz bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirishga qiziqish bildirmadi. Aksincha, aynan ular hamkorlikni qisqartirish va bizning ommaviy axborot vositalariga ta’sir o‘tkazishning tashabbuskori va ijrochilari bo‘lganlar”, – dedi u rossiyalik jurnalistlariga.

Mayya Sandu ikkinchi va oxirgi prezidentlik davriga qayta saylandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.