Rossiya Mudofaa vazirligi Donetsk oblastida yana bir aholi punkti qo‘lga olingani haqida e’lon qildi

фото: ria.ru

2-noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Donetsk oblasti Pokrovskiy rayonidagi Kuraxovka qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar beradi.

“Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalarining hujumkor harakatlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Kuraxovka aholi punkti ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yo‘qotishlar haqida xabar berilgan. “Dushman 535 nafargacha harbiy xizmatchini yo‘qotdi”, – deyiladi hisobotda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.