Rossiya Mudofaa vazirligi DXRda Shumi qo‘rg‘oni qo‘lga kiritilgani haqida ma’lum qildi
“Muvaffaqiyatli harakatlar natijasida «Markaz» qo‘shinlari guruhi Donetsk xalq respublikasining Shumi aholi punktini ozod qildi, taktik vaziyatni yaxshiladi, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarining 41-mexanizatsiyalashgan brigadasi qo‘shinlarini, Kirovo, Leninskoe, Sokol, Novgorodskoe va Novosyolovka Pervaya (DXR) aholi punktlari hududlarida 109-mudofaa brigadasini mag‘lubiyatga uchratdi”, – deya iqtibos keltiradi “Interfaks” Rossiya Mudofaa vazirligining xabaridan.
Rossiya harbiyalarining ta’kidlashicha, Ukraina armiyasining bu hududdagi yo‘qotishlari bir sutka ichida 360 askarni tashkil etgan.
Ulashish:
Sharhlar