Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari KXDRga tashrif bilan keldi

фото: tvzvezda.ru

Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov juma kuni rasmiy tashrif bilan KXDRga keldi. Bu haqda RBK Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib xabar bermoqda.

“Rossiya mudofaa vazirining KXDRga rasmiy tashrifi doirasida respublika harbiy va harbiy-siyosiy rahbariyati vakillari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, Belousovni Sunan aeroportida KXDR mudofaa vaziri, armiya generali No Gvan Chol kutib olgan.

Avvalroq, 10-noyabr kuni Rossiya KXDR bilan harbiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qilgan edi. Hujjatda tomonlardan biriga hujum sodir bo‘lgan taqdirda ikkinchisi zudlik bilan harbiy va boshqa yordam ko‘rsatishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.