Rossiya noqonuniy muhojirlar bilan kurashni kuchaytirmoqda
Rossiya qonun chiqaruvchilari turli jinoyatlar uchun mehnat muhojirlariga nisbatan qattiqroq jazo choralarini ko‘rmoqda.
Hammasi bo‘lib uchta tashabbus ilgari surilib, ularning har biri deputatlarning ma’qullovchi fikr-mulohazalarini olgan.
Birinchi tashabbus Rossiyada noqonuniy bo‘lish faktini boshqa jinoyatlar sodir etilganida og‘irlashtiruvchi holatga aylantiradi.
Ikkinchisi, noqonuniy migratsiyani tashkil qilish maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirish uchun yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy jarimalarni sezilarli darajada oshiradi.
Uchinchisi noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun jinoiy jazoni kuchaytiradi.
Rossiya rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 600 mingdan ortiq noqonuniy muhojir bo‘lib, so‘nggi yillarda ular avvalgidan uch barobar ko‘p jinoyat sodir etgan.
Sharhlar