Rossiya OAV: Luganskka berilgan zarba natijasida 14 kishi halok bo‘ldi, ularning orasida moskvalik zobitlar ham bor

Фото: Минобороны РФ

Luganskka berilgan zarba natijasida 14 kishi, jumladan, Moskvadan kelgan muhim zobitlar ham halok bo‘lgan. Bu haqda “Kremlyovskaya tabakerka” nashri yozadi.

“Mudofaa vazirligidagi manbalar bizga 29-oktyabr kuni ertalab Luganskka berilgan dushman zarbasi tafsilotlarini aytib berdi. Ularga ko‘ra, muhim tekshiruv uchun shaharga kelgan uch zobit halok bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.

“Dushman omborga zarba berdi, snaryadlar yo‘qotildi. Favqulodda vaziyatdan biroz oldin ushbu ombordan o‘q-dorilar o‘g‘irlanayotgani haqida signal kelib tushgandi. Moskvadan tekshiruv yuborilgan. Inspektorlar yetib kelganidan keyin ko‘p o‘tmay, ularga zarba bo‘ldi”, — deydi suhbatdoshlardan biri.

Boshqa bir manbaga ko‘ra, zarbalar natijasida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, jumladan, Moskvadan Luganskka tekshiruv uchun kelgan uch ofitser ham bor.

“Dushmanning raketalari ataylab nishonga olinganmi yoki bu shunchaki tasodifmi, biz hozircha bilmaymiz. Tekshiruv o‘tkaziladi. Lekin odamlarni qaytarib olmaymiz”, – dedi manba.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.