Rossiya OAV: Toropesdagi omborga Ukrainaning uzoq masofali raketasi hujum qilgan

Фото: Взрыв на 107 арсенале ГРАУ Минобороны РФ после атаки ударных БПЛА, г.Торопец, Тверская область. 18.09.2024. Фото из соцсетей

“Kremlyovskaya tabakerka” Telegram kanali Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib, “yuqori ehtimollik bilan Tver oblastining Toropes hududidagi qurol-yarog‘ omboriga nafaqat dronlardan, balki uzoq masofali raketalar bilan ham hujum qilingani” haqida xabar beradi.

“Hozirda voqea joyida tekshiruv olib borilmoqda, yetkazilgan zarar hisoblab chiqilmoqda,  ballistik raketa bilan zarba berilgan deb hisoblash uchun barcha asoslar bor”, — deydi telekanal manbasi.

Ukraina G‘arbda ishlab chiqarilgan raketalarni Rossiya hududining ichkarisiga zarbalar berish uchun ishlatishga rasman ruxsat olmagan.

“Bu holda, bu ularning o‘z ishlanmasi deb taxmin qilishimiz mumkin. Suhbatdoshimiz ma’lumot kamligini bahona qilib, shundaymi yoki yo‘qligini aytishdan bosh tortdi. Manbalar raketalar boshqa nishonlarga hujum qilish uchun ishlatilganmi yoki yo‘qligini aytmaydi”, — deyiladi xabarda.

Ukraina tomoni bu bayonotlarga izoh bermadi. Urush sharoitida bir-biriga raqib tomonlarning bayonotlarini mustaqil ravishda tasdiqlash mumkin emas.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.