Rossiya OAV Xerson oblastining qisman bosib olingan hududida Moskva tomonidan tayinlangan “Novaya Kaxovka” rahbariga UQK suiqasd qilgani haqida xabar bermoqda

Фото: РБК

Vitaliy Guru va uning o‘rinbosariga suiqasd jangovar dronlar yordamida amalga oshirilgan, hech kim jabrlanmagan, deb yozadi “RIA Novosti” qisman Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson oblastining Moskva tomonidan tayinlangan gubernatori Vladimir Saldoga tayanib.

“Ukraina harbiylari nazoratidagi dron shahar okrugi rahbari Vitaliy Gura va ma’muriyatning bir necha asosiy xodimlari bo‘lgan mashinani nishonga oldi”, — deyiladi “Novaya Kaxovka” ma’muriyatining telegram-kanalida.

Avvalroq “RIA Novosti” Novaya Kaxovkada avtobus o‘qqa tutilgani, natijada to‘rt kishi halok bo‘lgani va yana yetti kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi. Ukraina rasmiylari bu bayonotlarga izoh bermadi va Bi-bi-si ularni tasdiqlay olmaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.