Rossiya Oliy sudi Navalniy ishi bo‘yicha so‘nggi hukmini o‘z kuchida qoldirdi

Фото: pravdapfo.ru

Rossiya Oliy sudi Aleksey Navalniyning hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmadi, unga ko‘ra u 19 yilga maxsus rejimdagi koloniyaga hukm qilindi, deb yozadi “Interfaks” sud matbuot xizmatiga tayanib.

Aleksey Navalniy 2023-yilning 4-avgustida ekstremistik jamiyat ishi bo‘yicha 19 yillik qamoq jazosini oladi. Apellyatsiya sudi bu hukmni 26-sentyabr kuni tasdiqlaydi.

Navalniy bilan birga uning YouTube kanalining texnik direktori Daniel Kholodniy sudlangan va sakkiz yil umumiy rejimli koloniyaga hukm qilingandi. Oliy sud uning ham hukmini o‘z kuchida qoldirgan.

Navalniy hukmni Vladimir viloyatidagi koloniyada bo‘lganida olgan. 2023-yil dekabr oyida u Yamaldagi maxsus rejimli koloniyaga o‘tkaziladi. U yerda, 2024-yil 16-fevralida Navalniy 47 yoshida vafot etadi. Navalniyning sheriklari uning o‘ldirilganiga ishonchi komil.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.