Rossiya TIV mamlakat Ukraina bo‘yicha ikkinchi sammitda qatnashmasligini bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Rossiya Ukraina va uning ittifoqdoshlari tomonidan tayyorlanayotgan ikkinchi xalqaro tinchlik sammitida qatnashmasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Tashqi ishlar vazirligi sammit bayonotini ultimatum xususiyatiga ega va ilojsiz deb hisobladi, chunki unda Rossiya-Ukraina nizosini tartibga solish bo‘yicha muqobil takliflar e’tiborsiz qoldirilgan.
“Biz Kiyev rejimi va uning g‘arbiy rahbarlarining iyun o‘rtalarida Shveysariyada bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz “tinchlik sammiti”dan qayta tiklanish uchun shunga o‘xshash yana bir tadbir o‘tkazish niyatlaridan xabardormiz”, — dedi Galuzin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning formulasida taklif etilgan “ultimatumlarni maqbul deb hisoblamaydi”.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina hukumati AQSHda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan noyabr oyigacha tinchlik bo‘yicha ikkinchi jahon sammitini tashkillashtirmoqchi. Bu safar Ukraina Rossiya delegatsiyasini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Tinchlik bo‘yicha birinchi sammit 15—16-iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lib o‘tgan, unga Rossiya taklif etilmagan edi.
Sharhlar