Rossiya QK Kiyevdagi bolalar kasalxonasiga bergan zarbasi — bu bino parchalarining qulashi emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilgan nishon
Rossiya armiyasi Kiyevdagi “Oxmatdet” bolalar shifoxonasiga X-101 raketasi bilan zarba berdi. Bu haqda voqea joyidan olingan tasvirlarni taqdim etgan holda Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) xabar beradi. Voqea joyida seriya raqami bo‘lgan X-101 raketasining orqa korpusining bo‘laklari va xuddi shu raketa rulining bir qismi topildi.
Internetda “Oxmatdet” kasalxonasi hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berilganini aks ettiruvchi video paydo bo‘ldi. Bu Rossiya Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa tizimining ishlashi natijasida parchalar qulashi haqidagi bayonotiga zid keladi.
Kasalxonaga raketa hujumi janubi-g‘arbiy tomondan amalga oshirilgan. “Nikolayevskiy Vanyok” telegram kanali Rossiya raketalari Rovno oblastida Jitomir oblasti tomon burilib, so‘ng Kiyevga yo‘l olgani haqida xabar bergan.
Shahar ma’muriyatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevga raketa hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, 41 kishi jarohatlangan. Umuman olganda, Ukraina shaharlarining o‘qqa tutilishi natijasida 30 kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Sharhlar