Rossiya qo‘shinlari Krivoy Rogga raketa zarbasini berdi

Российские войска нанесли ракетный удар по Кривому Рогу
Источник: Днепропетровская Областная Прокуратура

12-iyun, chorshanba kuni tushdan keyin Rossiya qo‘shinlari Dnepropetrovsk oblastining Krivoy Rog shahridagi turarjoy binosiga raketa hujumini uyushtirdi, natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, 21 kishi, jumladan, ikki bola yaralandi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko ma’lum qiladi.

Klimenkoning so‘zlariga ko‘ra, yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Shaharga Kiyev vaqti bilan soat 16:19 da zarba berilgan. Krivoy Rog mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkulning aytishicha, hujum joyida barcha xizmatlar ishlamoqda, qutqaruvchilar qulagan bino vayronalarini tozalashmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va Ukraina raketa va havo hujumidan mudofaa tizimlariga “o‘ta muhtojligini” aytdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.