Rossiya Qora dengiz floti uchun bazani Abxaziyada qurmoqda – Bellingcat
Bellingcat tergov loyihasining xabar berishicha, o‘zini o‘zi e’lon qilgan Abxaziya Respublikasining Ochamchira hududidagi baza qurilishi 2024-yil boshidan buyon sezilarli darajada tezlashgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yangi poydevorlar, yo‘llar, kengaytirilgan perimetr va qurilish uchun tayyorlangan yerlarni ko‘rsatmoqda.
Bellingcat ma’lumotlariga ko‘ra, bu baza Ukraina dronlari hujumiga uchragan Rossiya Qora dengiz floti uchun strategik boshpana bo‘lishi mumkin.
2022-yil oktyabr oyida Ukraina qurolli kuchlarining Sevastopolga qilgan hujumlaridan so‘ng, Rossiya flotining muhim qismini Novorossiyskga o‘tkazdi. Biroq, Novorossiysk 2023-yil avgustida, shuningdek, 2024-yilning may va iyul oylarida ham hujumlar nishoniga aylangan edi. Iyuldagi hujumdan so‘ng kuzatuvchilar birinchi rus harbiy kemasining Novorossiyskdan Ochamchira rayonidagi yangi bazaga ko‘chib o‘tganini payqashdi.
Rossiya va tan olinmagan “respublika” 2023-yil oktyabr oyida Rossiya harbiy-dengiz kuchlari uchun yangi doimiy baza yaratish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.
Sharhlar