Rossiya Qrim ko‘prigini barjalar bilan himoya qilishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

Фото: Википедия

Britaniya razvedkasi Qrim ko‘prigining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilib, ko‘prikning janubiy tomonidagi suvda sakkizta barjani aniqladi. Ularni may oyining o‘rtalarida o‘rnatishni boshlashgan.

Bu barjalar Rossiya kuchlari tomonidan ko‘prik va navigatsiya kanalini himoya qilish hamda Ukraina dronlarining yaqinlashish burchagini kamaytirish uchun joylashtirilgan, deyiladi xabarda.

Avvalgi qurilmalar dovullar paytida shikastlangan. Ko‘prik Rossiya qo‘shinlari uchun muhim ta’minot yo‘li hisoblanadi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.