Rossiya qurolli kuchlarining zirhli texnikasi Kursk oblastining mudofaa istehkomlarida to‘xtab qoldi
Rossiya harbiylari – aftidan Rossiya Mudofaa vazirligining “Pyatnashka” ko‘ngillilar korpusi 15-brigadasining askarlari – Kursk oblastidagi Sudja shahridan 10 km janubi-sharqda joylashgan Ukraina nazorati ostidagi Plexovo qishlog‘iga hujum boshladi. Bu haqda Forbes xabar beradi.
OSINT tahlilchilari va ukrainalik jurnalistlarga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari kolonnasi tankglara qarshi tuzoqqa – Ukraina qurolli kuchlarining Kurskka hujumi boshlanishidan oldin qurilgan xandaq va beton to‘siqlar qatoriga tiqilib qolgan.
Asosiy muammo shundaki, [Rossiyaning] o‘zining hududi juda yaxshi mustahkamlangan, 360 daraja himoya qilish qobiliyatiga ega. Aftidan, ular tank handaqlarida tiqilib qolganga o‘xshaydi”, — deydi Moklasen tadqiqotchisi.
Ukrainalik jurnalist Yuriy Butusovning aytishicha, Ukraina QK “o‘nlab zirhli texnikani yoqib yuborgan va dushmanning shaxsiy tarkibini yo‘q qilgan”. U Ukraina Qurolli kuchlarining 129-hududiy mudofaa brigadasining zirhli texnikalari kolonnasiga dronlar bilan hujum qilgani aks etgan videoni chop etdi. Rossiya manbalari qurbonlar yo‘qligini ma’lum qiladi.
“Harbiy mubir” va Kursk oblasti gubernatorining maslahatchisi Roman Alyoxin Z-bloger Yuriy Podolyakning yakshanba kuni “Plexovoni ozod qilish operatsiyasi boshlangani” haqidagi posti bilan bo‘lishdi. Z -“harbiy muxbir” Boris Rojinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya QK Borki hududida faollikni qayta tiklagan va Plexovodan 5 km janubgacha ilgarilagan. Ukrainaning DeepState OSINT-loyihasining xaritasida Kursk oblastida hech qanday o‘zgarishlar qayd etilmagan.
Kursk oblastida mudofaa inshootlari rekord vaqt ichida – 18 kun ichida qurildi. Qurilish uchun mas’ul bo‘lgan generallar “dalalarda hammasini shaxsan tekshirdi”, – deb yozgan edi “Moskovskiy komsomoles”.
Sharhlar