Rossiya razvedkasi Irlandiya parlamenti a’zosini yollagani ma’lum bo‘ldi
Rossiya razvedkasi 2019-yildan beri Kremlning targ‘ibotchisi va elchisi vazifasini bajarib kelgan irlandiyalik deputatni yollagan. Bu haqda The Sunday Times xabar berаdi.
Nashr kimning ismi haqida gap ketayotganini bilishini, ammo “huquqiy sabablarga ko‘ra” siyosatchining ismi oshkor qilinmasligini qayd etadi, maqolada u “Kobalt” laqabi bilan ataladi.
The Sunday Times ma’lumotlariga ko‘ra, u 2019-2022 yillarda RFning Dublindagi elchixonasida niqob ostida ishlagan rossiyalik josus Sergey Prokopуev bilan uchrashgan. Moskva va Dublin o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan davrda yollashning asosiy maqsadlaridan biri sifatida maqolada Buyuk Britaniya, Irlandiya va YeI o‘rtasidagi munosabatlarni izdan chiqarish keltirilgan.
Xavfsizlik organlari Rossiyadan hech qanday pul mukofoti olmagan Kobalt “asal tuzog‘i” – dushman razvedkasi vakili qurbonni sharmandali jinsiy aloqalarga jalb qiladigan operatsiya doirasida yollangan deb hisoblaydi. Nashr Kobaltning ayol-agent bilan bir necha uchrashuvlari qayd etilganini, ammo u hech qanday qonunni buzmagani uchun hech qanday chora ko‘rilmaganini ta’kidlaydi.
Sharhlar