Rossiya frontda olg‘a siljish uchun o‘z samolyotlarini boy berishga tayyor — ISW

Фото: УНИАН

Ukraina qurolli kuchlari (UQK) so‘nggi haftalar mobaynida bir nechta bombardimonchi samolyotlarni urib tushirganiga qaramasdan, Rossiya Ukraina bo‘ylab shiddatli aviazarbalar berishda davom etmoqda, deb yozadi UNIAN.

Urushni tadqiq qilish instituti (ISW) qayd etishicha, agar bu unga olg‘a siljishda yordam beradigan bo‘lsa, Rossiya o‘z jangovar aviatsiyasini boy berishga tayyor. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Su-34 samolyotlari Su-35 samolyotlari hamrohligida taxminan 40 km masofadan Ukraina marralariga bombali zarbalar berish uchun kuniga yuz martalab va undan ham ko‘p parvozlarni amalga oshirmoqda.

Ayni vaqtda New York Times yozishicha, Rossiya front chizig‘ida “yanada tajovuzkorroq” havo taktikasini qo‘llash orqali, so‘nggi vaqtlarda sharqqa qarab olg‘a siljigan.

Tahlilchilar qayd etishicha, Rossiya harbiy-havo kuchlari Ukrainada havo operatsiyalarning yuqori sur’atini ushlab turmoqda va, ehtimol, samolyotlar uchun risklarga rozi bo‘lishga tayyor, chunki Rossiya qo‘mondonligi bunday havo operatsiyalarining ijobiy ta’siri uni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlardan ustunroq, degan qarorga kelgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.