Rossiya telekanallari Google’dan ikki million rubl talab qilishdi

фото: datatonic.com

Rossiyaning 17 telekanali YouTube videoxostingidagi akkauntlar bloklangani sababli Google’dan 2 undecilllion rubl talab qildi. Bu haqda  RBC manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Jarima Google kompaniyasining YouTube platformasidagi Rossiya telekanallarining akkauntlarini tiklash talabiga rioya qilmagani uchun qo‘llanilgan. Ularning ro’yxatiga “Zvezda”, “Birinchi kanal”, VGTRK, “NTV”, “Parlament televideniyasi” kabi telekanallar, teleboshlovchi Margarita Simonyanning YouTube kanali va boshqa kanallar kiradi.

28-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya “ko‘p nol bo‘lgan ishni” ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Avvalroq sud Google’ga Rossiya OAVlarining YouTube’dagi akkauntlarini tiklashni, talablar bajarilmagan taqdirda esa jarima undirishni buyurgan edi. Agar sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab to’qqiz oy ichida bajarilmasa, har bir bajarilmagan kun uchun 100 ming rubl miqdorida jarima solinadi. Jarimaning umumiy miqdori cheklanmagan holda har hafta miqdori ikki baravar ko’payadi.

Undecillion – bu bittadan keyin 36 ta nol.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.