Rossiya Tergov qo‘mitasi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida garovga olish holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Фото: РИА

Rossiya Tergov qo‘mitasining Volgograd oblasti bo‘yicha boshqarmasi Surovikino shahridagi qattiq tartibli19-sonli koloniyada garovga olish bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

Holat yuzasidan garovga olish (Jinoyat kodeksining 206-moddasi 4-qismi) va axloq tuzatish muassasalari faoliyatini tashkillashtirish (Jinoyat kodeksining 321-moddasi 3-qismi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar beradi Tergov qo‘mitasining matbuot xizmati.

Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tartib-intizom komissiyasi vaqtida muassasaning bir necha xodimi garovga olingan. Qo‘lga olish chog‘ida muassasaning bir necha xodimlari jarohatlangan, deyiladi bo‘lim bayonotida.

19-sonli axloq tuzatish koloniyasi Surovikino shahrida, Volgograddan taxminan 100 km uzoqlikda joylashgan. Qamoqda saqlash tartibi qat’iy. Ochiq manbalarga ko‘ra, uning limiti 1,2 ming kishidan ortiqni tashkil qiladi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.