Rossiya Ukraina bosqinining ko’lamini – ISWni kamaytirishga harakat qilmoqda
Kursk, Belgorod va Bryansk viloyatlarida harbiy holat emas, aksilterror operatsiyasi (KTO) rejimi e’lon qilindi. Demak, Moskva Ukrainaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi ko‘lamini pasaytirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti.
ISW tahlilchilariga ko‘ra, FSB direktori Aleksandr Bortnikov aftidan KTO rahbari etib tayinlangan. Biroq, rahbariyatning murakkab tuzilmasi Rossiyaning Ukraina Qurolli Kuchlari bosqiniga qarshi javob choralari samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Tahlilchilar, shuningdek, Kursk viloyatida joylashtirilgan Rossiya Qurolli Kuchlari kuchlarining, shu jumladan muddatli harbiy xizmatchilar, Shimoliy qo’shinlar guruhining bo’linmalari va Ukrainadan ko’chirilgan bo’linmalarining tarqoq tarkibiga e’tibor berishadi.
Sharhlar