Rossiya Ukraina g‘arbidagi Burshtin issiqlik elektr stansiyasini butunlay vayron qildi
Ivano-Frankivsk viloyatida Rossiya armiyasi tomonidan o’qqa tutilishi natijasida Ukraina g’arbidagi eng yirik va mamlakatdagi eng kuchlilardan biri bo’lgan Burshtin issiqlik elektr stansiyasi butunlay vayron bo’ldi.
Ivano-Frankivsk viloyati ma’muriyati rahbari Svetlana Onischuk: “Issiqlik elektr stansiyasini qayta tiklash mumkin emas, u juda shikastlangan”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rus kuchlari Burshtin issiqlik elektr stansiyasiga 12 martadan ortiq hujum qilgan. Vayronagarchilik tufayli Burshtin shahri kelgusi qishda issiqlik va issiq suvsiz qolishi mumkin, dedi Onischuk. Ijtimoiy ob’ektlar va aholini ta’minlash uchun shaharga oltita qozonxona ajratiladi, dedi u.
2022-yil fevral oyidan beri Rossiya muntazam ravishda Ukraina energetika ob’ektlariga raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bilan maqsadli hujumlar uyushtirmoqda. Bu elektr ta’minotidagi uzilishlar va tanqislikka olib keladi. Natijada, Ukraina boshqa Yevropa davlatlaridan elektr energiyasi importini sezilarli darajada oshirdi.
Sharhlar