Rossiya Ukraina yaqinidagi hududga 7000 dan ortiq Shimoliy Koreya askarlarini tashladi – Ukraina BRB
Oktyabr oyining so‘nggi haftasida Rossiya Primorsk o‘lkasidan Ukraina yaqinidagi hududlarga 7 mingdan ortiq Shimoliy Koreya askarlarini tashladi, ular “piyodalar kabi” qurollangan, deya xabar beradi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi (BRB).
Ushbu askarlar Rossiya Aerokosmik kuchlarining kamida 28 ta harbiy-transport samolyoti yordamida tashlangan, deyiladi razvedka ma’lumotlarida.
BRB ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari KXDRdan 60 millimetrli minomyotlar, AK-12 avtomatlari, RPK/PKM pulemyotlari, SVD/SVCh snayper miltiqlari, “Feniks” va RPG-7 tankka qarshi raketa tizimlari bilan qurollangan.
“Shuningdek, shimoliy koreyaliklarga yoki Rossiya okkupatsion armiyasidagi “maxsus buryatlarga” (ularni shunday deb ham atashadi) bir nechta tungi ko‘rish moslamalari, teplovizorlar, kollimatorli nishonlar va durbinlar berilgan”, — deya qo‘shimcha qiladi departament.
Sharhlar