Rossiya Ukrainada Xitoy zirhli mashinalarini qo‘llashni boshladi

Фото: t.me/Ugolok_Sitha

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urushda Xitoy zirhli texnikasidan foydalana boshladi. Harbiy texnikaning suratlari “Ugolok Sitxa” rossiyaparast telegram-kanali tomonidan e’lon qilingan, ularda bu Hushi avtomobillari ekani ko‘rsatilgan.

Bild harbiy tahlilchisi Yulian Ryopke suratlarning haqiqiyligini tasdiqladi.

“Rossiya bosqinchi armiyasi Ukrainada birinchi marta Xitoyning ZFB-05 tipidagi zirhli texnikasidan foydalangan. Xitoy mashinalar yetkazib berilganini rad etmoqda. Biroq, Rossiya foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab afrikalik vositachilar bor “, – deydi Ryopke.

Xitoy Rossiyaga Ukrainadagi frontda foydalanish uchun qurol yetkazib berayotgani haqida shu yilning may oyida Buyuk Britaniyaning sobiq mudofaa vaziri Grant Shapps ham aytgan edi.

“AQSh va Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi Ukrainadagi urush uchun halokatli uskunalar Xitoydan Rossiyaga o‘tayotganini ko‘rsatishi mumkin”, – degandi Shapps.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.